Tyutorlar uchun seminar-trening

2021 - yilning 2 - noyabr kuni tyutorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlar uchun tashkil etilgan seminar-trening doirasida “Mamlakatimizda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi renessansni barpo etishdagi evolyutsion harakatning mohiyati. Ma'naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirishda hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi tomonidan navbatdagi trening tashkil etildi. Treningni “Gumanitar fanlar” kafedrasi professori Q.Nazarov olib bordi.

Professor Q.Nazarov trening davomida shiddat bilan rivojlanayotgan hayotimizda ro’y berayotgan yuksalish jarayonlari o’zini barcha sohalarda namoyon etayotgani, mustaqillikka erishgan yillarimizning ilk davrida biz o’zligimizni anglash, boy tarixiy-ma’naviy hamda ilmiy merosimizning asl mazmun-mohiyati mag’zini chaqish va uni ro’yobga chiqarishga intilgan bo’lsak, endilikda xalqimiz jipslashib “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish” g’oyasini sobitqadamlik bilan amalga oshirishga kirishganini ta’kidladi. Bu davrda jamiyatimizda ijtimoiy tafakkurning yuksalish tendensiyasi qaror topishi, unga xos ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlarning mujassamligini e’tirof etdi.

Shuningdek, Q.Nazarov bugungi kunda uchinchi Uyg‘onish davri ostonasida turganimizni, Prezidentimizning imzolagan qonun, farmon va qarorlari, tasdiqlagan Davlat dasturlari, ilgari surgan yangidan-yangi tashabbuslarining mag‘zini to‘la chaqib ko‘rishimizni uqtirdi. Seminar-trening savol-javoblarga boy bo‘ldi. Tyutorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga yetarlicha javob oldilar.

TTJ talabalar kengashining raisi Saidahmedov Jahongir Baxtibek o‘g‘li axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati