“Zakovat” intellektual bellashuvi
2020-yil 1-dekabr kuni “Yer resurslarini boshqari” fakulteti dekani Sh.Narbaev, yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova hamda fakultet yetakchisi D.Jabborova va iqtidorli talabalar tashabbusi bilan 1-bosqich talaba-yoshlari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, talaba-yoshlarning huquqiy ongi, savodxonligini yanada oshirish maqsadida, “Zakovat” intellektual bellashuvi oʼtkazildi. Ushbu intellektual bellashuvi oʼtkazishdan maqsad talaba-yoshlar orasidan har tomonlama yetuk, bilimli hamda mahoratli yoshlarni aniqlash, ularni har tomonlama yetuk mutaxassis boʼlib kamol topishiga boʼlgan intilishlarini qoʼllab-quvvatlash, iqtidorlilarni aniqlash hamda kasbiy mahoratini va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, davlat ahamiyatiga molik turli innovatsiyalar, yangiliklar qilish maqsadida oʼtkazildi.Tanlovda jami 4 nafar talabalardan iborat 7 ta jamoa bilimlar maydonida bellashdilar. Qizgʼin kechgan bahslardagi natijalar quyidagicha: 1-oʼrinni: 108-guruh talabalari; 2-oʼrinni: 106-guruh talabalari; 3-oʼrinni: 103-guruh talabalari nasib qildi. Gʼolib jamoalar fakulьtet rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Kelgusida shu kabi bilimlar bellashuvi yana davom etadi.
TIQXMMI matbuot xizmati