Targ‘ibotning ta’sirchan mexanizmi
«GIM» fakulteti "Gumanitar fanlar" kafedrasi o‘qituvchilari dotsent G.Xudayberdiyeva, katta o‘qituvchilar O.Normatov, B.Madaminova, N.Rahmonberdiyeva va assistentlar M.Hakimova, H.Botirovalar 2-TTJda "Diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi, o‘zaro totuvlik" mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.
Davra suhbatida aynan shu mavzu bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021 - yillarga mo‘ljallangan "Harakatlar strategiyasi"ning 5 ta ustuvor yo‘nalishi aynan shu mavzuga bag‘ishlanganligini ham ko‘rishimiz mumkin.
Albatta, bizga ma’lumki, respublikamiz ko‘p millatli yurt. Shuningdek, respublikamizda turli xil dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolar yashaydi. Konstitutsiyamizda qayd etilganidek, biz turli dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarga o‘zaro hurmat ruhi ustuvor bo‘lishi kerak. O‘zaro birdamlik, hamjihatlik da tarbiyalashimiz va yaqin qo‘shnilar bilan ahil bo‘lib yashash kerakligini misollar orqali tushuntirildi.
“GIM” fakulteti "Gumanitar fanlar" kafedrasi assistenti Bahriddin Muqimov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov