Abadiyat adibasi
Bugun mamlakatimiz ahli har bahorni shoira Zulfiya tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib olishi an’anaga aylangan. Xalqimizning adabiy merosiga katta hissa qo‘shgan farzandi, davlat arbobi, shoira Zulfiya o‘zbek ayoli ko‘rsatgan yuksak sadoqat va halollik ramzi sifatida xalqimiz yuragidan joy olgan. Joriy yilning 3 - mart kuni "GIM" fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi B.Mamadaminova va "Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti G. O‘razalieva boshchiligida fakultet talaba qizlari
O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, Zulfiya Isroilova tavalludi munosabati bilan adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar. Ulug‘ ijodkorning bu go‘zal yodgorligi o‘zining chuqur hayotiy falsafasi va teran badiiy mazmuni bilan yoshlar uchun sevgi hamda vafo, ezgulik va el-yurtga fidoyilik timsoliga aylangani to‘g‘risida talaba qizlarga so‘zlab berdi. Talaba qizlar shoira she’rlaridan o‘qidilar. Uning o‘lmas ijodi kelajak avlod uchun noyob merosdir.
TIQXMMI matbuot xizmati