“SMART WATER” innovatsion texnologiyalar doirasidagi tanlov
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida joriy yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.07.2020 yildagi PF-6024 sonli “Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi” va 05.10.2020 yildagi PF-6079 sonli “RAQAMLI O‘ZBEKISTON — 2030” farmonlarini ijrosini ta’minlash maqsadida “SMART WATER” deb nomlangan innovatsion texnologiyalar doirasida tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlov quyidagi Aqlli suv o‘lchash texnologiyalari mavzusida innovatsion g‘oyalar va takliflar, “SMART WATER” mobil ilovalar va kompyuter dasturlarini yaratish nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazildi. Aqlli suv o‘lchash texnologiyalari mavzusida innovatsion g‘oyalar va takliflar (tadqimot va yoki video rolik ko‘rishida) nominatsiyasida 1-o‘rin Orolov Zafar, 2-o‘rin Murtozova Dilorom, 3-o‘rin Abdiqodirov Alisher "SMART WATER" mobil ilovalar va kompyuter dasturlarini yaratish (suv xo‘jaligida) 1-o‘rin Rahmatullayev Sherzod, 2-o‘rin Sarmanova Durdona, 3-o‘rin Umarov Isomiddinlar egallashdi. Tanlov ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, g‘oliblar munosib taqdirlandi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Abdug‘ani Suyunov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati