Yer unumdorligi – yuqori hosil garovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4801 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yilga rejalashtirilgan Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanining «Abay», «Toshkent» va «Mustaqillik kelajagi» hududlarida kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga 27-29 oktyabr kunlari, Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi prof. B.Matyakubov xamda STST mutaxassisligi magistri M.Usmanovlar tashrif qilishdi. Tashrif jarayonida ob’ektda ishlarning loyiha doirasida olib borilayotganligi bilan yaqindan tanishildi. Ochiq kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish jarayoni Iqtisodiy hisob-kitoblar bo‘yicha kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish loyihasidagi qurilish-montaj ishlarini bajarish muddati 7 oy qilib belgilangan (muddat: dekabr oyi, 2021 y).

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanining «Abay», «Toshkent» va «Mustaqillik kelajagi» hududlarida kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish loyiha ishlarining to‘liq bajarilishi natijasida quyidagilarga erishiladi:

  1. 224 ga er maydonining meliorativ holati yaxshilanadi.
  2. G‘o‘zani xosildorligi oshadi.
  3. Suv maxsuldorligi oshishi taqribiy hisob kitoblar bo‘yicha aniqlandi.

 Loyihani amalga oshiruvchi Pudratchi tashkilot “Drenaj melioratsiya” mas’uliyati cheklangan jamiyat hisoblanadi. Loyiha tashkiloti mutaxassislari bilan uchrashildi, jumladan texnik nazoratchi - Akramov Zoxid, prorab - Usmanov Anorboy, Mexanizatorlar - Mamayusupov Umar, Qosimov Xamza, Xaydarov Sherali, Babanov Shuxrat. Loyiha doirasida kuzatilgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha fikr almashilindi. Ilmiy va amaliy tomondan quyidagi xulosa va takliflar bnrib o‘tildi:

1.Ochiq kollektorni yoki kanalni ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda muxofaza zonalarini belgilangan normadan kelib chiqqan xolda qoldirish,

2.Qurilish yoki rekonstruksiya jarayonida loyihaviy ko‘rsatkichlarga  to‘liq amal qilish.

3.Ilmiy tomondan olimlar tomonidan berilgan tavsiyalarni hisobga olish.

4.Loyiha ishlarini amalga oshirishda yangi zamonaviy usul va uslublardan foydalanishga e’tibor qaratish kerakligi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

 

Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi professori. Baxtiyar Matyakubov.

TIQXMMI matbuot xizmati