Buni o'qing, uqing va harakatga kirishing

Davlatning kuch-qudrati va taraqqiy etishi yangi kuch va yangi avlodning shakllanishiga bog‘liq. Davlat rahbari mamlakatimizda zamon talablariga mos kadrlarning noyob va kamyobligi, ijodiy fikrlaydigan, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirgan yosh mutaxassislarning zarurligi haqida qayg‘urishi ham xuddi shu ehtijojga bog‘liq. Bilimli, raqobatbardosh, eng muhimi, o‘z tilida ravon gapirib fikrlay oladigan orator yoshlarni, shuningdek, ustozlar tajribasi va xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan  yosh kadrlarsiz jamiyatning ertasini tasavvur qilish mumkin emas.

"Yangi O'zbekiston" ro‘znomasining 3 - noyabr sonida chop etilgan ustozimiz akademik Mirziyod Mirsaidovning "Bilimli yoshlar - Uchinchi Renessans bunyodkorlari" nomli maqolasida ana shu muammolarga munosabat bildirilgan. Muallif maqolada "Barcha yoshlar o‘z sohasidagi masalalar yechimini ilm yo‘li bilan hal etishda fidoyilik ko‘rsatsa yangi O'zbekistonning yuksalishiga hissa qo‘shgan" bo‘lishini qayd etgan, Maqolani albatta o‘qing, uqing va anglab harakatga kirishing!

                       TIQXMMI  matbuot xizmati