“Mushoira”!!!
“Mushoira”!!!
Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti "Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti " fakulteti talabalari va mas'ullari tomonidan Adiblar xiyobonida tadbir tashkil qilindi. O'zbekiston Xalq Qahramoni, marhum shoir Abdulla Oripov xotirasini abadiylashtirish maqsadida uyushtirilgan badiiy kecha tabiat qo'ynida,o'zgacha ruhda bo'lib o'tdi. Tadbirda fakultet dekani, dekan o'rinbosari, professor- o’qituvchilari, tyuterlar va fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchi va faollari ishtirok etishdi. Shoir she'rlari asosida “Mushoira” bahsi uyushtirildi. Badiiy kechani ochib berish uchun fakultet dekani A.Isakov so’zga chiqib, Abdulla Oripov haqida iliq fikrlar bildirib o’tdilar. Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi M.Ramazonovaning ishtiroki ham alohida fayz berdi davraga. Shoir xotirasi bilan bog'liq hayotiy voqeliklardan misol keltirib, go'zal she'r namunalaridan o'qib eshittirdilar. Fakultetnig iqtidorli talabalari A.Oripov yozgan she'rlar guldastasi taqdim etdilar. TJICHAB kafedrasi dotsenti SH.Raxmonov , ET va EJF kafedrasining asissenti D. Akbarovlar so’zga chiqib shoir ijodi va she'rlaridan misollar keltirishdi.
Fakultetimizning “Abdulla Oripov” nomli stipendiya sohibi 4- bosqich talabasi B.Komoljonov ham juda ajoyib fikrlar bildirib o’tdi. Tadbirda talabalar qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Respublika Prezidentining maxsus Qarori asosida joriy qilingan va bizning fakultetimizda ish boshlagan tyuterlarimiz Saydaminova Sayyora, Nuraliyeva Zilola,Tursunova Zilola,Sa'dullayev Jahongirlar ham o'z faolliklarini namoyish etishdi.Ijodkor tyuter Nuraliyeva Zilola ham adabiyot, she'riyatga bo'lgan mehrini namoyish etib shoir she'rlaridan o'qib berdi.Tadbir yakuniga yetgach talabalar tomonidan bu singari badiiy kechalarni yana tashkil etish taklifi tushdi va fakultet dekani A.Isakov yoshlar fikrini qo'llab quvvatladi. O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi bilan birgalikda davomli tadbirlar o’tkazish reja qilib olindi.
Talaba yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar zamirida ajdodlar merosini o'rganish, ulardagi ibratni hayotida qo'llagan holda mustaqil hayot yo'lida o'z o'rnini topishga ko'maklashish masalasi turibdi. Zero,bunday kechalar talabalarga ma’naviy ozuqa berishiga ishonamiz.
QSXET fakulteti dekan o’rinbosari A.Mutalov
TIQXMMI matbuot xizmati