Shaxmat yoxud aqllar jangida
2020-yil 2-dekabr kuni “B” oʼquv binosining 112-oʼquv xonasida 8-dekabr Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 -yilligi munosabati hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ikkinchi tashabbusi aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 1-bosqich talaba-yoshlari oʼrtasida “SPORT – SOGʼLIQ GАROVI” shiori ostida sportning “Shaxmat” turi boʼyicha musobaqa boʼlib oʼtdi. Tadbirda fakultet dekani B.B.Hasanov va yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari А.I.Аzimov va boshqa dekan oʼrinbosarlari hamda 1-bosqich talaba-yoshlaridan 48 nafari ishtirok etishdi, shundan 1-oʼrinni 106-guruh talabasi Hazratov Ruslan, 2-oʼrinni 108-guruh talabasi Karimboev Xusin va 3-oʼrinni 102-guruh talabasi Xolmamtov Mexroj egalladi.
TIQXMMI matbuot xizmati