Ajdodlarni yod aylab
Toshekt irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Gidromelioratsiya fakulteti “Meliorativ gidrogeologiya” yo’nalishi 4-kurs 416-guruh talabalari 2021 yil 4 aprel kuni o’zlarining murabbiylari dots.Sh.B.Akmalov bilan birgalikda Samarqand shaxriga safar uyushtirishib u yerda mavjud tarixiy asori atiqalar, binolar hamda qadamjolarni ziyorat qilishdi.
Tuprog’imizda ulg’aygan, millatimiz ravnaqiga cheksiz hissa qo’shgan ota bobolarimiz maqbaralarini ziyorat qilib, ularning umr yo’llarini va buyuk ishlarini esga oldilar. Ushbu sayohat davomida talabalar “Registon” ansamli, Amir Temur maqbarasi, Imom Buxoriy majmuasi, Ulug’bek rasadxonasi, Bibihonim majmuasi, Hazrati Dovud majmuasi, Hazrati Hizr masjidi, Islom Karimov maqbarasi va shu kabi shaxarning ko’zga ko’ringan qadamjolariga tashrif buyurishdi.
Ushbu tadbirlar Gidromelioratsiya fakulteti talabalari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan teatr, muzey va kino namoyishlariga tashriflarini amalga oshirish bo‘yicha reja-grafik asosida amalga oshirilmoqda.
TIQXMMI matbuot xizmati