Urush qatnashchilari holidan xabar olindi
TIQXMMI Qarshi filiali rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari yaqinlashib kelayotgan 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda saflarimizda turib, Vatan obro‘-e'tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e'zozlash va fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan yoshlarimizga vatanparvarlik, yurtga sadoqat, tinchligimizni asrab avaylash, bugungi kundagi davlatimiz berayotgan ulkan imkoniyatlarning qadriga yetish, tinchlik degan muqaddas tushunchaning naqadar ulug‘ligini ular qalbiga singdirish maqsadida joriy yilning 4- may kuni Qarshi shahridagi “Qarliqxona” MFYda yashovchi
Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchilari Vera Nasirova va “Sobir Rahimov” MFYda yashovchi Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchisi Axmed Djalilovlarning xonadonlariga borib ularning holidan xabar olindi. Axmed Djalilov urush yillardagi zulmatli kunlar, uning fuqarolarimiz, butun jahonga yetkazgan salbiy ta'sirlari, vatan ozodligi uchun kechgan janglari, urushdan keyingi qizg‘in mehnat faoliyati to‘g‘risida va hozirgi Mustaqilligimiz munosabati bilan davlatimizda bo‘layotgan rivojlanish, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi.
Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchisi Axmed Djalilov Mustaqilligimiz abadiy bo‘lishi, yurtimiz yanada rivojlanishi uchun bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetinglar, endi hech qachon urush bo‘lmasin, deya duo qildi. Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Yoshlar uchrashuvdan ulkan taassurotlar bilan qaytishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati