JICA loyihasining O‘zbekistonda joriy etilishining muhokamasi
JICA ning O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari Mr.Miyazaki Suguru va JICA xodimi Mrs. Togo Chisa, SATREPS loyihalarini ekpert-baholovchisi, konsultant Mr.Suzuki Asuka, Totori universiteti professori Kristina Toderich, institutning Birinchi prorektori B.Mirzayev, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.Salohiddinov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori T.Sultanov, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi rahbari G‘.Bekmirzayev, EkoGIS rahbari A.Pulatov, Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedra mudiri A.Karimov, professor B.Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov, mustaqil tadqiqotchi M.Reymov hamda tarjimon Daniyar Dulmuxametovlar ishtirok etishdi. Uchrashuv ikki tomon vakillarini tanishtirish bilan ochib berildi. So‘ngra, uchrashuvning asosiy maqsadi bo‘lgan loyihaning maqsadi va vazifalari xususida o‘zaro savol-javob bo‘lib o‘tdi. Institutning ushbu loyihani bajarishdagi o‘rni, bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar va qadamlar haqida to‘liq ma’lumot berildi.
Totori universiteti professori Kristina Toderich so‘zga chiqib, TIQXMMIning O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida hamda qishloq xo‘jalik sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlashda yetakchi tashkilot ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Institutning barcha qishloq xo‘jalik sohasidagi tashkilotlar bilan aloqalari SATREPS loyihasini bajarishda asosiy rolni o‘ynashini belgilab o‘tildi. Kelgusi xaftada JICA vakillari bevosita institutimizga kelishi va karantin qoidalarini inobatga olgan holda yuzma-yuz uchrashishi aytib o‘tildi.
TIQXMMI matbuot xizmati