Stol tennisi musobaqalari
2020-yil 3-dekabr kuni institut sport majmuasida 8-dekabr Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-yilligi munosabati hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ikkinchi tashabbus aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shoroitlar yaratish maqsadida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 1-bosqich talaba-yoshlari oʼrtasida “SPORT – SOGʼLIK GАROVI” shiori ostida sportning “Stol tennisi” turi boʼyicha musobaqa boʼlib oʼtdi. Tadbirda fakultet dekani B.B.Hasanov va yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari А.I.Аzimov va boshqa dekan oʼrinbosarlari hamda 1-bosqich talaba-yoshlaridan 52 nafari ishtirok etishdi, shundan 1-oʼrinni 104-guruh talabasi Islomov Ixtiyor, 2-oʼrinni 110-guruh talabasi Zayniddinov Аlijon va 3-oʼrinni 107-gurux talabasi Muxamedov Otabek egalladi.
TIQXMMI matbuot xizmati