Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining holidan xabar olindi
9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Buxoro viloyatida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining xonadonlariga TIQXMMI Buxoro filialining direktori Sh. J. Imomov va direktor o'rinbosari K. Qurbonovlar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari Eshov Bahodir, Barnoyev Barot, Qalandarov Iskandar va Bikmurzina Xakimalarning suhbatlarida bo'lishdi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini va qimmatbaho sovg'alarni tantanali ravishda topshirishdi.
TIQXMMI Matbuot xizmati