Amaliyot natijalari
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 1111/t va 1112/t buyruqlariga asosan . "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash va "Gidrotexnika qurilishi" fakultetlari 3-kurs talabalariga «Injenerlik geodeziyasi" fanidan o’quv amaliyoti 2021 yil 18 oktyabrdan 30 oktyabrgacha bo'lgan muddatlarda darslardan tashqari vaqtlarida institut va Toshkent shahri hududlarida karantin qoidalariga rioya qilgan holda o’tkazildi.
Amaliyot xisobotlari 06.11.2021 kuni 5-bino 201 xonada Geodeziya va geoinformatika kafedrasi mudiri R. Oymatov boshchiligida kafedra o’qituvchilari tomonidan qabul qilindi. Amaliyotdan maqsad talabalarni kelajakda o'z sohasi yetuk kadrlar bo’lib yetishishi va zamonaviy geodezik asboblarni mukammal o'rganishlari ko’zda tutilgan.
“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi Abdulla Jurayev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati