Filialda iftorlik dasturxoni
Iftor — islomda roʻza tutish bilan bog’liq odat. Roʻza kunlari ro’zadorlar ishtirokida ziyofat — iftorlik oʻtkazilishi islomda savob ishlardan sanaladi. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda "Kimiki bir roʻzadorni ogʻzini ochirsa, unga ham roʻza tutgan kishining savobi berilur" deyilgan. Demak, savdo boʻlishi uchun roʻzador ogʻzini ochirish lozim ekan.
TIQXMMI Buxoro filiali direktori Shavkat Jaxonovich Imomov tashabbuslari bilan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda filial hududida professor-o’qituvchilar va talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Iftorlik dasturxoniga mehmon sifatida Buxoro davlat universiteti rektori Xamidov Obidjon Xafizovich va Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayevlar TIQXMMI Buxoro filiali direktori Sh. J. Imomov takliflariga binoan tashrif buyurishdi. Iftorlik shukronalik kayfiyatida bo’lib o’tdi.
TIQXMMI matbuot xizmati