"Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish" loyihasi doirasida trening kurslar
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti olimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda Islom Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtirilgan "Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish (Xazarbog‘-Oqqapchig‘ay kanal tizimini rekonstruksiya qilish)" loyihasi doirasida joriy yilning 29 martidan 1 maygacha bo‘lgan muddatda Surxondaryo viloyatining Suv istemolchilari uyushmalari (SIU) va fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari uchun xalqaro andozalar asosida trening kurslari tashkil etildi.
Trening kurslari markazlashgan holda Surxondaryo viloyatining beshta tumanida ((Angor tumanida (29.03. – 03.04); Jarqo‘rg‘on tumanida (5.04 – 10.04); Qiziriq tumanida (12.04 – 17.04); Denov tumanida (19.04 – 24.04); Sariosiyo tumanida (26.04 – 01.05)) tashkil qilindi. Trening kurslarida ishtirok etgan 160 nafar tinglovchilar (har bir tumanda 32 nafardan) suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishidagi fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlariga asoslangan yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.