Qаdr topgаn ustozlаr
Inson bor ekan, xotira – muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, gʼalabaga munosib hissa qoʼshgan va shu bilan birga tinch davrda ham oʼz mehnati bilan ayniqsa pedagogik faoliyati bilan xammaga oʼrnak va ustoz boʼlib kelgan hech bir kishini xotirasidan forigʼ qilmaydi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “9 - may Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarorida alohida taʼkidlanganidek: “Xotira – kechagi oʼtmishni, ajdodlar oʼgitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka koʼtaradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bagʼishlaydi”.
Xotira va qadrlash kunida nafaqat ulugʼ vatan qatnashchilarini xotirlash, balki ustozlarni, nuroniylarni, faxriylarni xam xolidan xabar olish bugungi kunda oliyjanob anʼanaga aylandi desak mubolagʼa boʼlmaydi.“Professional taʼlim va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri Z.Ismailova boshchiligida ushbu kafedrada uzoq yillar oʼzininig mehnati bilan sharaf topgan, hozirda qarilik gashtini surayotgan ustoz Rinat Sultanovich xonadoniga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ustoz bilan ishlagan davrlar xotirlandi va shu kunning qadri, yaratilayotgan sharoitlar, koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrliklar vaholanki hayotdan mamnun ekanliklari haqida fikr berdilar. Ustozni bergan nasihatlari, ugitlari doimo ish jarayonida dasturamal boʼlib kelayotganini yana bir bor mamnuniyat bilan xotirlandi. Ustozimiz Musaev Rinat Sultonovichga uzoq umr va sog salomatlikda yurishlarini tilab qolamiz.
Professional taʼlim va jismoniy madaniyat kafedra jamoasi Аxboroti
TIQXMMI matbuot xizmati