Talabalar turar joyidagi iftorlik
Muborak Ramazon oyining Alloh subhonahu va taolo nazdida izzat-u hurmati, qadr-qimmati shunchalar beqiyoski, Parvardigor Oʻz kalomi boʻlmish Qurʼoni azimush-shaʼnni aynan shu oyda nozil qildi. Moʻminlarga faqat Ramazonda roʻza tutishlik farz etib belgilandi. Bu haqida “Baqara” surasining 185-oyatida bunday deyiladi: “Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar boʻlib, Qurʼon tushirilgandir. Sizdan kim u oyda hozir boʻlsa, roʻzasini tutsin...” (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf,“Tafsiri hilol”)
Butun er yuziga musulmonlarning muborak oyi bo'lmish mohi ramazon kirib keldi. Ushbu oyda musulmonlar islom ahkomlaridan biri bo'lmish ro'za ibodatini amalga oshirishadi. Imkoniyati yetarli insonlar esa imkon darajasida saxovat ishlarini amalga oshirib, ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar holidan xabar olishib, savob umidida ularning duosini olishga harakat qilishadi. 07.05.2021-yil iftorlik vaqtida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Xotin - qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Z.Ismailova hamda xotin-qizlar kengashi azolari tashabbusi bilan Talabalar turar joylariga ehson qilindi.
Talabalar turar joylar kengashi raisi Saidahmedov Jahongir axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati