“Intellektual -2021” tanlovi g’oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar orasida yangi loyiha va ishlanmalar uchun tanlov o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1070-sonli buyrug‘i ijrosini taminlash, shuningdek, institutda innovatsion faoliyat sohasida yosh olimlar, ixtirochilarning faoliyatini kuchaytirish maqsadida eng yaxshi intellektual mulkni aniqlash va ularning mualliflarini rag‘batlantirish yo‘li bilan texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish maqsadida o‘tkazilgan “Intellektual-2021” tanlovining yakuniy bosqichi g‘oliblari aniqlandi va taqdirlandi.

                                                                                     
Unga ko’ra:
 «Eng yaxshi innovatsion ishlanma» nominatsiyasi bo‘yicha
1 – o‘rin: “Frewwater” ishlanmasi uchun,Mamatov Valijon, GM fakulteti 2 bosqich talabasi.
2 – o‘rin: “Nasos stansiyadagi mashina zalida suv satxini avtomatik nazorat qilish”ishlanmasi uchun, Akbaraliev Akram, QSXET fakulteti 4 bosqich talabasi.
3 – o‘rin: “Relyefi buzuq joylarda suvdan samarali foydalanish” ishlanmasi uchun, Abdullaev Mehriddin, GM fakulteti 4 bosqich talabasi.
«Eng yaxshi Start-Up loyihasi» nominatsiyasibo‘yicha
1 – o‘rin: “SmartDIS/ Educationmark app” loyihasi uchun, Jalilov Sirojiddin, GM fakulteti  4 bosqich talabasi.
2 – o‘rin: “Разработка технологической схемы для сортировки картофеля”loyihasi uchunXusanov Javlon, QSXET fakulteti 3 bosqich talabasi.
3 – o‘rin:  “Разработка автоматизированной системы мониторинга аналитического комплекса оценки текущего состояния подзеных вод”loyihasi uchun Mardonov Islom, QSXET fakulteti 3 bosqich talabasi.
«Samarali faoliyat olib borayotgan to‘garak yetakchisi» nominatsiyasi bo‘yicha
1 – o‘rin: “Evrika” to’garak yetakchisi, Turg‘unova Xumora, GM fakulteti 4 bosqich talabasi.
2 – o‘rin: “Aparat vositalari va dasturiy ta’minotdan foydalanish” to’garak yetakchisi,Komiljonov Bekzod, QSXET fakulteti 3 bosqich talabasi.
3 – o‘rin: “Robototexnologiya kursi” to’garak yetakchisi, Turdiev Akbarali, GM fakulteti 4 bosqich talabasi.
«Eng yaxshi ilmiy izlanuvchi» nominatsiyasi bo‘yicha
1 – o‘rin: “Qishloq xo’jaligida ekspuatasiyada bo’lgan kuch transformatorlarining moylariga ta’sir etuvchi omillar” Shamsiev Nurbek, QSXET fakulteti 2 bosqich talabasi.
2 – o‘rin: “Meva quritgich uskunasi” Axmedov Ma’murjon, QSXET fakulteti 1 bosqich magistranti.
3 – o‘rin: “Nasos agregatini avtomatik boshqaruv shikafi” Sirojeva Xusniya, QSXET fakulteti 1 bosqich talabasi.
«Eng yaxshi EHM dasturi, ma’lumotlar bazasi» nominatsiyasi bo‘yicha
1 – o‘rin: “TIQXMMI talabalar turar joyining sayti” Xurramov Ro‘zi, QSXET fakulteti 3 bosqich talabasi.
2 – o‘rin: “Smart water”Fozilov Ilyos, GM fakulteti1 bosqich magistranti.
3 – o‘rin: “Smart agriculture” To‘laganov Muslimbek, GTQfakulteti 1 bosqich magistranti.
3 – o‘rin: “Java dasturlash/Android” Xayrullaev Asadbek, GM fakulteti 1 bosqich talabasi.

                                                                          

Tanlovning o‘tkazilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Ilmiy bo’lim hamda iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi tashkilotchilik qildi. 

                                                                                                 

 O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari A.Abduxakimov tomonidan 2018-yil 14-avgustda tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ilmiy faoliyatga yo’naltirish va ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish bo’yicha choratadbirlar dasturi” ning 2,4 va 5-bandlari hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar orasida yangi loyiha va ishlanmalar uchun tanlov o’tkazish to’g’risida”gi 1070-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash institutda innovatsion faoliyat sohasida yosh olimlar, ixtirochilarning faoliyatini kuchaytirish maqsadida eng yaxshi intellektual mulkni aniqlash va ularning mualliflarini rag’batlantish maqsadida  institutda tahsil olayotgan talaba va magistrantlar o’rtasida institut rektorining 2021-yil 17-apreldagi 11/Ф-sonli farmoyishi asosida o’tkazilgan “Intellektual-2021” tanlovining yakuniy bosqichi g’oliblari quyidagicha taqdirlandi.

                                                                                 

1-o’rin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 3 barobari miqdorida;
2-o’rin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 2 barobari miqdorida;
3-o’rin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 1,5 barobari miqdorida rag’batlantirildi.

TIQXMMI Matbuot xizmati