Texnik salohiyatni mustahkamlash boʻyicha
Joriy yilning 5-avgustidan 9-avgustigacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining “Texnik salohiyatni mustahkamlash” (Komponent-2) qoʻshma loyihasi tomonidan suv xoʻjaligi proyekt institutlari mutaxassislari uchun Geodeziya-AutoCAD va Smeta boʻyicha trening kurslari tashkil etildi.
PKQT va UMO tarmoq markazi boʻlimi boshligʻi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov