O‘zbekona kiyinish madaniyati
Kiyinish madaniyati – insonning tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi, estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Kiyinish madaniyatiga bo‘lgan qarash insonning go‘zallik, nafosat, odob borasidagi ko‘z qarashlarini ifoda etadigan omil hamdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyimlar ham, kiyinishga bo‘lgan e’tibor va talab ham o‘zgarib bormoqda. Yoshlarimizning moda ketidan ko‘r-ko‘rona quvishlari va yangi chiqqan tor, ochiq, kalta liboslarni moda deya e’tirof etishlari va bu turdagi kiyimlar albatta kiyilishi kerak deb fikrlashlari ayni xaqiqat. Bu kiyimlarning o‘zbekona madaniyatimizga mentalitetimizga xos emasligi haqida esa o‘ylab ko‘rishmayapti. Chunki bugun ko‘cha kuyda, yevropaga taqlid qilib kiyinayotgan yoshlarimizda milliyligimiz aks etgan kiyimlar toboro kamayib bormoqda. Aslida kiyinish madaniyati xam o‘zbekona madaniyatimizning ajralmas qismidir. Bu masalaning jiddiy tomoni shundaki yuzaga kelayotgan ushbu muammo bugungi kunning muxim dolzarb mavzusiga aylandi.
Shu munosabot bilan joriy yilning 8-oktyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida ta’lim olayotgan talaba qizlar bilan institut Xotin-qizlar kengashining raisi Zuxra Ismoilova, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i Xursandova Dilafruz va fakultet xotin-qizlar kengashining raisi Nargiza Xoliqovalar davra suxbati o‘tkazib - moda, zamonaviy liboslar, ayol va qizlarimizning bugungi kiyinish madaniyati, o‘zbekona kiyinish, ro‘mol o‘rash haqidagi fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Qiziqarli, ochiq-oshkora muloqot asosida o‘tgan tadbirda libos har bir qiz-ayolga nafaqat ko‘rk bo‘lishi, balki uning odob-ahloqi, dunyoqarashi, fe’l-atvori, ma’naviyati darajasini, umuman, qanday inson ekanligini ko‘rsatuvchi vositalardan biri hisoblanishi qayd etildi.
YOBIB dekan muovini K.Usmonov
TIQXMMI matbuot xizmati