Ijodiy hamkorlik yangi sur’atlarda davom ettirilmoqda
Tahririyatimizda har yili ijodkorlar, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport vakillari o‘rtasida tanlov o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Unga ko‘ra, yil davomida gazetalarimiz sahifalarida chop etilgan eng sara maqolalar tanlab olinib, ularning mualliflari rag‘batlantirib kelinadi. Bu o‘zaro samarali ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilyapti. Ushbu ezgu odat yanada keng ko‘lam kasb etib, yangi sur’atlarda davom ettirilmoqda. Xususan, 2020 yil davomida «Xalq so‘zi» va «Народное слово» gazetalari tahririyati tanlovi»ga taqdim etilib, gazetalarimiz sahifalarida e’lon qilingan har bir material atroflicha ko‘rib chiqildi. Ularda, avvalo, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda uni «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida hayotga izchil tatbiq qilinayotgan islohotlarning borishi haqidagi taassurotlar o‘z ifodasini topganiga ahamiyat qaratildi.
Shuningdek, xalqimizning boy ma’naviy merosi hamda qadriyatlari, hududlarimiz rang-barangligi, o‘zining halol mehnati bilan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan turli kasb egalari, fidoyi zamondoshlarimiz siymosini aks ettirishdek ezgu maqsadlarga urg‘u berilgani inobatga olindi. Taqdim qilingan materiallarni ko‘rib chiqishda ularning hayotiyligi, badiiy mazmuni va originalligiga e’tibor qaratildi. Binobarin, g‘oliblikka nomzodlar ro‘yxatini shakllantirishda tahririyat ijodiy bo‘limlarining tavsiyalari inobatga olindi.
O‘rganishlar yakuni bo‘yicha tanlov ishtirokchilarini mukofotlash yuzasidan rahbariyatga taklif berish borasida quyidagicha xulosa qilindi:
1-o‘rin
O‘ktam UMURZOQOV, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti rektori, Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. «Ta’lim tizimi islohotlari O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri poydevorini yaratadi» maqolasi uchun ("Xalq so‘zi" gazetasi, 29 oktyabr, 2020 yil №228 (7730) son)
Leyla SEITOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. «Перемены в жизни, перемены в сердсах» мақоласи учун ("Народное слово" gazetasi, 16 sentyabr, 2020 goda, № 196)
2-o‘rin
Abdurahim ERKAYEV, Oliy Majlis Senati a’zosi. «Uchinchi Renessans — Milliy g‘oya sifatida» maqolasi uchun ("Xalq so‘zi" gazetasi, 8 sentyabr, 2020 yil, № 180(7692) son)
Mashxura MAVLONIY, akademik. «Три сценария сокращения бедности» мақоласи учун ("Народное слово" gazetasi, 3 oktyabr, 2020 yil, № 208)
3-o‘rin
Nuritdin YO‘LDOSHEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. «Ma’naviyat iqtisodiyotdan 10 qadam oldinda yurishi kerak» maqolasi uchun ("Xalq so‘zi" gazetasi, 18 sentyabr, 2020 yil. № 198 (7700) son)
Tursun SHODIYEV, Toshkent xalqaro Vestminster universiteti huzuridagi YUNESKOning Bilimlar iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, professor. «Кто автор «вакцины честности» в Сингапуре? А в Узбекистане?» мақоласи учун ("Народное слово" gazetasi, 4 fevral, 2020 yil, № 25).
Shu munosabat bilan tahririyatda tashkil etilgan tadbirda yuqorida nomlari keltirilgan mualliflarga maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.