Bayram bilan qutlandi
8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti faollari institut xotin-qizlarini, professor-o'qituvchilarini tabriklash tadbirini o'tkazishdi. Erta tongdan yigitlar institutning har ikkala kirish darvozalari oldida saf tortishdi. Bayramga atab maxsus ko'krak nishonlari qilindi va tarqatildi, musiqalar sadosi ostida kutib olindi. Barcha xotin-qizlarimizni, mehribon onajonlarimizni bayram bilan tabriklaymiz. Ularga uzoq-umr, baxt, omad tilaymiz. O'qish va ishlarida omad yor bo'lishiga tilakdoshmiz. Baxtimizga sog' bo'lsinlar.
Yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti axboroti
Institut matbuot kotibi Rahikboy Jumaniyozov