“Kiyinish odobi – go‘zal xulqning bezagidir”
Har bir xalqning o‘ziga xos o‘lmas an’analari, qadriyatlari bor. Asrlar davomida ajdodlarimizdan avlodlarga meros sifatida yetib kelgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz ham milliyligimiz ramzi bo‘lib, katta qadr, umrboqiylikka ega. Shu o‘rinda kiyinish madaniyati ham yillar davomida shakllanib, o‘z komillik darajasiga yetishdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tashqi ko‘rinish – insonning kim va qanday ekanligi haqida dastlabki ma’lumotni beruvchi, uning turmush tarzi va hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyati ekanligini inobatga olgan holda xar bir oliy ta’lim muassasasi jamoasi kiyinish madaniyatiga rioya etishi lozim. Jamoa a’zolarining oliy ta’lim muassasasiga me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibga nomuvofiq kiyinish taqiqlanadi.
Shu maqsadda, 2021 yil 8 –oktyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Xotin qizlar bilan ishlash bo‘yicha Kengash raisi Z.K. Ismoilova rahbarligida Gidromelioratsiya fakulteti jamaosi bilan “Kiyinish odobi – go‘zal xulqning bezagidir” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda GM fakulteti xotin qizlar bilan ishlash bo‘yicha Kengash masuli Z.F. Beknazarova, Kengash azolari, professor o‘qituvchilar va talaba qizlar ishtirok etishdi. Institut xotin qizlar bilan ishlash bo‘yicha Kengash raisi Z.K. Ismoilova o‘z so‘zida - kiyinish odobi, insonning ma’naviyati va didi, dunyoqarashini belgilashi insonni muvaffaqiyatga erishishida muhim omillardan biri ekanligini takidladilar. Shu bilan birga institutning ichki tartib qoidalari, ularning odob axloqi bo‘yicha fikrlarini bayon etib, talaba qizlarimizning kiyinishi borasida bo‘layotgan muommolar va ularning yechimlari xaqida maslaxatlar berdilar. Tadbir so‘ngida fakultet xotin qizlar bilan ishlash bo‘yicha Kengash masuli Z.F. Beknazarova–fakultet jamoasi bilan ish rejasining bajarilishi va kelgusida o‘tkaziladigan tadbirlar bo‘yicha kelishib olindi. Tadbir juda chiroyli, faol talaba qizlarning takliflari, savollari bilan qiziqarli tarzda o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarning mutanazam o‘tkazilib borilishi ish samaradorligining oshishiga va manaviy ishlarimizning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
TIQXMMI matbuot xizmati