Xalqaro hamkorlik aloqalarni rivojlantirish istiqbollari
Respublikamiz rahbarining yaqin qo‘shnilarimiz bilan erkin do‘stona aloqalarga ochib bergan imkoniyatlar tufayli, ularning bevosita tashabbuslari bilan TIQXMMI va Rossiya Federatsiyasining dunyoning kuchli 1000 oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatida 368 o‘rindagi ulug‘ Petr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika Unversiteti (SPbPU) o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik doirasida Ulkan binolar va inshootlar qurilishi Oliy Maktabi professori G.I.Sidorenko «Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish» kafedrasi o‘quv rejasiga asosan GTQ fakulteti talabalari uchun birinchi bosqich siklik ma’ruzalarini tugatdi.
Ma’ruzalar tugagandan so‘ng TIQXMMI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori professor B.S.Mirzaev kafedra professori G.I.Sidorenkoga hamkorlik uchun institut rahbariyati nomidan tashakkur bildirib, institut rektori professor O‘.P.Umurzoqov tomonidan tasdiqlangan sertifikat topshirdi.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.S.Mirzaev kafedra professori G.I.Sidorenko bilan hamkorlikning istiqboldagi rejalari xususida suhbat davomida SEvaNSF kafedrasida faoliyati davomida kafedra professorlari bilan hamkorlikda tayyorlanishi rejalashtirilgan darsliklar,o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar, yoziladigan xalqaro maqolalar uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Bundan tashqari, professor G.I.Sidorenko unga yuklatilgan xizmat safari doirasida TIQXMMI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori bilan 2020 yil 24-27 aprelga rejalashtirilgan har ikkala hamkor Oliy o‘quv yurtlari ta’sischiligida TIQXMMI bazasida o‘tkaziladigan :International Scientific Conference «Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering (CONMECHYDRO-2020)»-«Stroitelstvo, gidrotexnika, vodnыe resursы" (CONMECHYDRO-2020)» «Bunyodkorlik, gidrotexnika, suv resurslari xalqaro ilmiy konferensiyasi (CONMECHYDRO-2020)»- halqaro SCOPUS reyting bazasida ro‘yxatdan o‘tgan Xalqaro Ilmiy konferensiya o‘tkazilishi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, tashkiliy qo‘mitada SPbPU tomoni vakillari va konferensiya seksiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib bordi va ular yakunlariga asosan halqaro ilmiy konferensiyaning o‘tkazilishi bo‘yicha TIQXMMI rektori, professor O‘.P.Umurzakov o‘zining 1140a/f sonli 06.12.2019 y. buyrug‘ini imzoladi.
“GTQ” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov