Xotira muqaddas, inson qadri aziz
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag'ishlaydi. Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni ezozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag'rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Xalqimiz azaldan o‘lkamizni bosqinchilardan himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va daxlsizligi uchun kurashgan qahramonlarini e’zozlab kelmoqda.
Shu o’rinda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institut Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti fakulteti dekani A.Isаkov, mahalla raisi M.Xalimova boshchiligida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mirzakalon Ismoiliy mahallasida istiqomat qiladigan, A.Abdumavlon, V.Grigoriy, J.Muradova K.Veкzkova A.Gorbatovskaya M.Suxanova U.Yerembetovlarning holidan xabar olindi. Shu bilan birga Institut rektori, Toshkent shahar kengashi deputati O’.P.Umurzakov tashabbusi bilan g’alabaning 76 yilligi munosabati yuzasidan urush va mehnat faxriylariga Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti fakulteti rahbariyati va bir guruh professor-o’qituvchilar tomonidan sovg’alar yetkazildi. Urush faxriylari Institut tomonidan ko’rsatilgan bunday e’tibordan xursand va o’z minnatdorchiligini izhor etdi.
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g’urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
“Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakultetining Yoshlar bilan ishlash dekan o’rinbosari O.Habibullayev
TIQXMMI matbuot xizmati