Faxriy ustozlar holidan xabar olish
Keksalarni e’zozlash, holidan xabar olish o‘zbek xalqining o‘zigagina xos bo‘lgan, qadriyatga aylangan odatdir. Bu go‘zal odat muxtaram yurtboshimiz tomonidan Qonun va qonun osti xujjatlarida xam o‘z aksini topgan va mustaxkamlab qo‘yilagan. 9-may “Xotira va qadrlash” kuni bayrami arafasida urush qatnashchilari va front orti mehnatkashlari hamda mexnat faxriylarining holidan xabar olish an’anasini davom ettirish maqsadida, “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedrada uzoq yillar davomida ishlagan, institutning faxriy ustozlari dotsent Godovannikov Aleksandr Maksimilianovich va labarotoriya mudiri lavozimida ishlagan Knyazeva Valentina Stepanovnalar xolidan xabar olib ularning kup yillik institutimiz uchun qilgan mehnatlarini etirof etib, kafedra jamoasining tabriklarini yetkazishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati