Buxoro viloyati bo‘ylab ijodiy muloqotlar

Akademik M.Mirsaidov Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi barcha (ya’ni 1 dan 19 gacha bo‘lgan) maktablarning, Peshku tumanidagi 4-IDUM, 1 va 3 maktablarning va Buxoro tumanidagi 37- maktabning iqtidorli o‘quvchilari bilan uchrashib, qizg‘in suhbatlar o‘tkazdi.

Bu uchrashuvda M.Mirsaidov O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati haqida va Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan e’tibori, ularga yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida gapirdi. Ularni kelajakda ilm-fanning yuqori cho‘qqilarini egallab, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga chaqirdi. O‘quvchilarga kelajakda davlatimiz ravnaqi uchun faol xizmat qiladigan, yetuk mutaxasisslar bo‘lib yetishishlari uchun o‘quvchilar o‘qitilayotgan fanlarni chuqur o‘zlashtirishi, tinimsiz mehnat qilishi va har doim oldinga intilishi kerakligi haqida gapirdi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga M.Mirsaidov to‘la javob berishga harakat qilib, qatnashuvchilarning kayfiyatini ko‘tarishga erishdi. Uchrashuv qiziqarli tarzda va yuqori saviyada o‘tdi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov