Innovatsiya markazi davr bilan hamnafas
2021 yil 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Zamonaviy o‘zbek innovatsiya markazlari - maqsad: 2022” mavzusidagi konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada 60 dan ortiq mutaxasislar, jumladan Germaniyadan soha ekspertlari hamda O‘zbekitonning innovatsion markaz vakillari, Oliy ta’lim muassalari ilmiy bo‘lim boshliqlari ishtiroq etdilar. Karsten Xayns moderator vazifasini bajardi.
O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Nabijon Sadiqovich Qosimov konferensiyani ochib berdi va konferensiyani maqsadi va qo‘yilgan vazifalar bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi. Mazkur konferensiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abduraxmanov xam o‘z fikr va mulohazalarini bildiridi.
Tadbir jarayonida mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolandi. Loyihani amalga oshirishda Germaniyaning innovatsiya sohasidagi ilg‘or tajribasi jalb etilgan holda, O‘zbekistondagi innovatsion markazlar mutaxassislarining malakasi oshirilishi hamda xalqaro ekspertlar yordamida “Innovatsion markazlarni boshqarish to‘g‘risida”gi qo‘llanma ishlab chiqilishi to‘g‘risida bir qator masalalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan birga loyiha doirasida Germaniya tajribasi bo‘yicha bir qator taqdimotlar misollar tariqasida keltirib o‘tildi. Loyiha taqdimoti, maqsadlari va asosiy natijalariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazish jarayonida mavzuga oid savollar berildi va aniq javoblar olindi.
Ilmiy bo‘lim boshlig‘i B.Matyakubov axborti
TIQXMMI matbuot xizmati