“Olima ayollar”ning innovatsion inkishoflari

Xotin – qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi tomonidan 10-may 2021-yil soat 20-00 da “Olima ayollar” klubi raisi dotsent U.Sangirova rahbarligida Innovatsion rivojlanish vazirligi “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovining 40-turi bo‘yicha taqdim etilgan loyihalarning  keyingi bosqichlarini bo'lishi bo‘yicha “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi doirsida  “Vebinar” o‘tkazildi. Vebinar ma’ruzaga  B.Matyakubov va professor-o‘qituvchi ayollar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrlar qatnashdilar.

U. Sangirova berilgan loyihalarni keyingi bosqichlari: ekspertizadan o‘tkazish, o‘tilgan loyihalar bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash va ularni himoya qilish jarayonlari haqida fikr yuritdilar shu bilan birga bitta namuna sifatida to‘liq loyihani tushuntirib berdi. U.Sangirovadan so‘ng B.Matyakubov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovining 44-turi fan yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qilinganligi, hujjat topshirish 2021-yilning 20-mayigacha davom qilinishi haqida ma’lumot berib o‘tdilar.

Bu Vebinar juda qiziqarli  bo‘ldi desak, adashmaymiz, chunki savol javoblar juda ko‘p bo‘ldi. Savollarga nafaqat U.Sangirova, balki B.Matyakubov va Z.Ismailova ham “Filologiya, pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi eksperti sifatida  javob berib bordi. Savol javoblardan so‘ng institut “Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi” raisi Z.Ismailova barcha imkoniyatlar ayollar uchun keng ekanligi, loyiha borasida institut rahbariyati ayollarni qo‘llab-quvvatlashi, bu borada bevosita har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishlarini qayd etib ketdi. Bu esa o‘z navbatida ayollarimizni loyihalar ustida ishlashiga imkoniyatlardan biri ekanligini tushunib etdi degan xulosaga kelish mumkin.

Loyiha topshirish muddati 44-turi 20 - maygacha berilganligi, ungacha barcha fakultetlar kesimida ayollarimizning loyiha tayyorlab topshirishga imkoniyati  to‘g‘risida fikr yuritgan holda institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi vebinarga yakun yasadi.

Barcha savol -javoblardan so‘ng, professor-ayol o‘qituvchilar tomonidan keyingi vebinarni loyiha topshirganlar kesimidagi taqdimotlarini muhokamasi tarzida o‘tkazilsa degan takliflar tushdi. Bu takliflar qo‘llab-quvvatlandi va keyingi uchrashuv rejasiga kiritildi.

TIQXMMI matbuot xizmati