Nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlanmoqda

Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti 2-bosqich talabalari yil davomida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida institute ilmiy-o’quv markazida “Agroinjenerlik” amaliyotini o’tmoqda.

Amaliyotda bo’lajak bakalavrlar “Qishloq xo’jalik mashinalari” va “ Traktor va avtomobillar” kafedrasi professor-o’qituvchilari boshchiligida traktorlar, paxta terish mashinasi, g’alla kombayni va boshqa bir qator qishloq xo’jalik mashinalarini o’rganishyapdi. Amaliyotga “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” mutaxassisligi bo’yicha 1-bosqich magistrlari ham jalb etilganligi amaliyotning yanada samarali o’tishini ta’minlamoqda.