“Teatr-tarbiya maskani!”
2021-yil 11-mart kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani R.Xakimov, fakultet murabbiylari hamda 200 nafar talaba yoshlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Davlat musiqali komediya (Operetta) teatriga “Ivan Vasilevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” nomli musiqali komediya spektaklini tomosha qilish uchun tashrif buyurishdi.
Teatrning sahna dekoratsiyalari, aktyorlar mahorati va ijrosi talaba yoshlar uchun madaniy hordiq va zavq ulashdi. Talaba yoshlarni darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida Institutimiz rektori va rahbariyatiga talabalar nomidan katta minnatdorchilik bildiramiz.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev ma’lumoti
TIQXMMI matbuot xizmati