“Suv muammolarini yеchishda raqamli texnologiyalar” mavzusi dolzarbligi talabalar tomonidan namoyish etildi
22-mart Butujahon suv kuni munosabati bilan turkum tanlovlar tarkibida “Suv muammolarini еchishda raqamli texnologiyalar” mavzusidagi munozaralar tanlovi ham mavjud bo‘lib, ushbu tanlov talabalarimizda mavzuga nisbatan tanqidiy-taxliliy nuqtai nazar bilan yondashish, mavzu doirasida argument va faktlarning asosli keltirib o‘tilishi, sohada mavjud muammolar еchimlari yuzasidan yangi innovatsion еchimlarni keltirib o‘tishdagi aniqlik va bahs etikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish borasidagi malakaviy tajribalarini shakllantiradi va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Munozaralar tanlovi 11 mart kuni “Butunjahon suv kuni” turkum tanlovlarining birinchi kunida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 20 ta jamoada umumiy 60 nafar ishtirokchi qatnashdilar. Tanlov ikki bosqichda ishtirokchilar o‘zlari tayyorlab kelgan loyihalari himoyasi va “Suv muammolarini еchishda raqamli texnologiyalar” mavzusidagi munozara shaklida o‘tkazildi. Birinchi bosqichdan finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan besh jamoa final bosqichida faxrli o‘rinlar uchun baxs olib borishdi.
Natijalarga ko‘ra “HYDROLEADERS” jamoasi 1-o‘rinni, “A-B Smart” 2-o‘rinni, “Gidravliklar” 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. G‘oliblarni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Eslatib o‘tamiz Butunjahon suv kuni turkum tadbirlari 11-13 mart kunlari davomida o‘tkaziladi.
TIQXMMI matbuot xizmati