Ma’ruza yakunlandi
2019 yil 11 aprel kuni soat 13:30 da institutning ARM videokonferensiyalar zalida “Intellektual mulk Agentligi” qoshidagi o‘quv markazi Bosh mutaxassisi D.Dominov tomonidan “Intellektual mulk ob’ektlariga (ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, kompyuter dasturlari) bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish”; “Ma’lumotlar bazalarida patent-axborot qidiruvi va shu kabi sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini yangilashga qaratilgan boshqa mavzular” borasida institut professor-o‘qituvchilariga 6 soatlik ma’ruza havola qilindi.
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Sarimsaqov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov