Yer yuzining sayqali
Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi MMTX 2-kurs 206, 207 - guruh murabbiylari A. Kurbonov va N.Saidxo‘jayeva hamda guruh talabalari dam olish kuni ma'naviy ozuqa olish maqsadida 2 - renessans poydevorini yaratgan buyuk mutafakkirlar shahriga tashrif buyurishdi. Samarqand yer yuzini sayqal topgan joyi sifatida bejiz ta’riflalanmagan.
O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, talabalar aynan 3-renessans davri uchun ijodiy faoliyati davomida barcha talablarni o‘z oldiga ulkan maqsad qilib qo‘yishdi va bunga astoydil bel-bog‘lab mehnat qilish kerakligini qalban his etdilar.
TIQXMMI matbuot xizmati