“Chorshanba – Investitsiya kuni” deb eʼlon qilindi
2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasini bayonida 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”deb e’lon qilindi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy sohani yanada rivojlantirish uchun:
- aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish;
- pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish;
- ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish;
- xalqimiz genofondini mustahkamlash maqsadida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirish;
- xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish;
- aholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turar-joy bilan ta’minlash, xalqimiz farovonligini oshirish;
- jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish;
- turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish;
- oldimizga qo‘yilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirish kabi masalalarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab berildi.
Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va institutning tegishli ko‘rsatmalari asosida OTMga investitsiyalarni keng jalb etish vazifalari qo‘yildi.
Davlat dasturini amalga oshirish, unda har bir kafedra, bo‘lim xodimlarini faol ishtirokini ta’minlash, ta’lim va ilm-fan sohasida investitsiyalarni keng jalb etishni yo‘lga qo‘yish hamda bu jarayonlarga iqtidorli talabalarni jalb etish maqsadida institut rektorining 24.06.2019 yildagi 632 A/F-sonli buyrug‘i bilan institutda “ChORShANBA – INVESTITSIYaLAR KUNI” deb e’lon qilindi.
Shuning uchun “Chorshanba – investitsiyalar kuni”da har bir professor-o‘qituvchi, xodim o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan kafedra va bo‘limlarda joriy yilda investitsiyalarni jalb etish uchun o‘z hissasini qo‘shishi va yil yakunlari bo‘yicha ularning faoliyat samaradorliklari baholanishi belgilangan.
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va xodimlar! “Chorshanba – investitsiyalar kuni”da faol ishtirok eting. Investitsiyalarni jalb etish orqali institutimizning ta’lim, ilm-fan va moddiy – texnika bazasini kuchaytirishga o‘zingizni hissangizni qo‘shing.
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi sektor mudiri N.Shaymanov