Ochiq dars ma’ruzasi
"Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish" kafedrasi dotsenti Bayzakov Taxir Mirzanovich QSXET fakulteti Elektrenergetika (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi 4 kurs 409, 410 va 410a guruh talabalariga “Svetotexnika va elektrotexnologiyalar” fanidan “Materiallarga elektrofizik va elektrokimyoviy ishlov berish asoslari” mavzusida ochiq dars ma’ruzasi o‘tishdi.
Dotsent T.Bayzakov talabalarga ma’ruzani prezentatsiya va vidioanimatsiyalardan foydalanib qiziqarli o‘tdi. Dars mashg‘ulotiga kelgan mehmonlar va talabalar tomonidan berilgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov