QS xalqaro reyting agentligining “Global ta'lim yangiliklari (Global Education News)” xabarnomasida O‘zbekiston OTMsi xaqida maqola chop etildi
Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti (TIQXMMI) yana dunyo universitetlari reytinglarini baholovchi xalqaro reyting agentliklari e'tirofida. Institutda erishilayotgan natijalar QS ning QS-GEN “Global ta'lim yangiliklari (Global Education News)” xabarnomasining 2020-yilgi 2-sonida “Making history TIIAME in 2022” sarlavhasi ostidagi maqolani chop etilishi O‘zbekiston OTMlari uchun yuksak e'tirof bo‘ldi.
Maqolada, TIQXMMIning QS Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo (EECA) reytingidagi ishtiroki, reytingda yuqori o‘rinda qayd etilishi to‘g‘risida, 2020-yilda xalqaro institutlar bilan hamkorlikda institutda 22-mart -Butunjaxon suv kuniga bag‘ishlangan tadbirni tashkil etilishi, o‘tkazilishi bilan bog‘liq ma'lumotlarni yoritilgan. Shuningdek, institutda bajarilayotgan xalqaro grantlar, jumladan Jaxon banki, USAID, Erasmus and Erasmus+ loyihalari haqida so‘z yuritilgan. Shu bilan bir qatorda institutning xalqaro maydonlarda erishayotgan natijalari, ilmiy ishlarning xalqaro bazalarda joy olishi 2019-yilda Scopus Award taqdirlash marosimida “Breakthrough of the Year” and “Top Researcher in Agricultural Sciences” va shu kabi nominasiyalarga loyiq ko‘rilgani keltirib o‘tilgan. Shu jumladan institutda TIQXMMI CAREC loyihalari asosida tashkil etilgan ilmiy klaster va UNESCOning Department of Water Diplomacy kafedralari to‘g‘risida so‘z borgan.
Eslatib o‘tamiz: QS-GEN (Global Education News) xabarnomasi, shu kungacha foliyat yuritib kelgan QS WOWNEWS jurnalining mantiqiy davomi bo‘lib, dekabr oyida o‘zining ikkinchi sonini nashrdan chiqardi.
Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo‘limi mutaxassisi G‘.G‘oziev axborot
QS-GEN (Global Education News) xabarnomasida TIQXMMI