Tayanch doktarantura izlanuvchilarining hisoboti
Izlanish va intilish ilm hikmati va samarasidir. Tadqiqotchilarga xos qoida bu. Mavzuning dolzarbligi va yangiligi bilan ilm - fanga qoʻshiladigan hissa jamiyat rivojida katta ahamiyatga molikdir. 2019 yil 11 yanvar kuni “Gidromelioratsiya” fakultetining “Gidravlika va gidroinformatika”, “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish”, “Ekologiya va suv resurlarini boshqarish” kafedralarida tahsil olayotgan tayanch doktarantlarning tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ga asosan 2018 yilda amalga oshirgan tadqiqot natijalari yuzasidan hisobotlari tinglandi. Hisobotda fakultet Ilmiy Kengashi aʼzolari tomonidan izlanuvchilarga tegishli taklif va maslahatlar berildi.
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov