Matbuot kotiblari uchun o‘quv seminar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 3775-sonli Qarori bilan OTMlarda matbuot kotibi lavozimlari joriy etilgan edi. Bugungi kunda ushbu lavozimda ishlayotgan xodimlarni mazkur faoliyatning maqsad va vazifalari, o‘ziga xos xususiyatlari, ish uslublari yuzasidan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirish zarurati yuzaga kelgan edi. shu munosabat bilan joriy yilning 11 va 12 iyun kunlari vazirlik huzuridagi "Talabalar media ijtimoiy markazi " Birinchi Respublika o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbirni Vazir o‘rinbosari Sarvarxon Burhonov ochib berdi. So‘ngra OO‘MTV Axborot xizmatining rahbari F.Babashevning "Oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblarining asosiy vazifalari va faoliyatni tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari" mavzuidagi ma’ruzasi tinglandi. Keyin esa Tadbir moderatori Xalqaro jurnalistika fakulteti tdekani Amrullo Karimov ayricha ehtirom bilan institutimizning Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov tinglovchi bo‘lib tashrif buyurgan bo‘lsa-da, tajribali ustoz sifatida o‘z tajribalarini o‘rtoqlashishlarini iltimos qilgan holda, minbarga taklif etdi. To‘rtinchi hokimiyat taqdiri qalam, qog‘oz, mikrofon va videokameraga munosabat bilan izohlanishini, buning uchun har bir matbuot kotibi, jurnalistlardan ham ziyoda sezgir, uyg‘oq bo‘lishi zarurligini qayd etib o‘tdi. Chunki har bir ta’lim muassasasida qilinayotgan ishlarni yoritish, albatta matbuot kotibining sa’yi harakati bilan bog‘liqligini e’tirof etib o‘tdi. U o‘z nutqida ayrim internet saytlarni tanqid qila turib, xabar yoxud yangilik uchun pul so‘rashini, bu esa ishimizning tezkorligi uchun to‘siq bo‘lishini ham aytib o‘tdi. Uning ishi bamisoli ta’lim muassasining oynasi, ko‘zgusidir dedi. Bu ishda, targ‘ibot va tashviqot jarayonida aslo tolmasliklarini tilab, barchani hamkorlikda ish tutishi zarurligini uqtirdi.
"Axborot xuruji (feyk nyus)ga qarshi kurash - matbuot kotibi faoliyatining tarkibiy qismi" mavzuida O‘zDJTU dotsenti Nargis Qosimovaning, tushlikdan keyin esa O‘zDJTU dotsenti Beruniy Alimovning "O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirishda axboriy-siyosiy texnologiyalarni qo‘llash masalalari" mavzuidagi ma’ruzasi ko‘pchilikning e’tiboriga molik bo‘ldi. Tadbirning ikkinchi kunida "Kun.uz" internet saytining bosh muharriri Alisher Ro‘zioxunov bilan keskin bahs uyushtirildi. Andijon, Navoiy viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida ayrim ma’lumotlarni o‘z vaqtida berilmagani munosabati bilan tanqidiy mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Undan so‘ng "O‘zbekiston 24" teleradiokanalining muharriri soha yangiliklarini radio orqali jonldi efirda yoritib borish mavzuida qiziqarli ma’ruza uyushtirdi. So‘ngra matbuot kotiblari o‘z mulohazalari va takliflari bilan chiqish qilishdi. O‘quv seminar tashkilotchilari 104 ta ta’lim muassasasidan bir qanchalarida haligacha matbuot kotibi tayinlanmagani, tayinlanganlarida esa alohida xona yo‘qligi ham e’tiroz o‘rnida qayd etildi. Har bir matbuot kotibi uchun Sankt Peterburgda uchta xodim, ovoz yozish va montaj qilish, audiovizual ishlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratilgani, bizda esa bunday ishlar paysalga solinayotganini e’tirof etishdi hamda matbuot kotiblari uchun xizmat xodimlari, diktofon va videokameralar olib berilishi zarurligini talab etishdi. O‘quv seminar yakunida o‘zlarining intellektual faoliyati bilan ajralib turgan matbuot kotiblariga Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vaziri Inomjon Majidov imzosi bilan tasdiqlangan Birinchi Respublika seminarida faol ishtiroki uchun Diplom taqdim etildi. Institutimiz matbuot kotibi R.Jumaniyozovni ham diplom bilan qutlaymiz.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini Hurriyat Eshova hamda "Gumanitar fanlar kafedrasining assistenti Bahriddin Muqimovlar axboroti