“Turonbank” ATB bilan hamkorlik davom etmoqda
Joriy yilning 11-sentyabr kuni fakultetimiz binosidagi ATB “Turonbank”ning auditoriyasida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar “Turonbank” ATBda Islom darchasini tashkil etish masalalari” mavzusida tashkil etildi. Mavzu bo‘yicha “Turonbank” ATB ning Chakana xizmatlar ko‘rsatish departementi direktori Fayziev Ravshan Shuxratovich taqdimot qildi. Seminarda "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti kafedralarining 36 nafar professor-o‘qituvchilari va 17 nafar 3-bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Seminar juda qiziqarli, dolzarb masalaga bag‘ishlanganligi sababli savol javoblarga boy bo‘ldi. Islom dini, shariat qoidalari asosida amal qiladigan Islom moliyasi har bir professor-o‘qituvchi, talabalarga, ayniqsa iqtisodchilarga juda qiziqarli hisoblanadi. Fakultetimiz jamoasi uchun iqtisodiyotimizda, moliya, bank, kredit tizimida olib borilayotgan islohotlar mazmun mohiyatini to‘g‘ri tushunishda ushbu doimiy amal qilivchi seminarning hissasi katta bo‘lmoqda. Seminar har haftaning shanda kuni B bino 109 “Turonbank” ATBning auditoriyada bo‘lib o‘tadi, qiziquvchilarni taklif qilib qolamiz.
TIQXMMI matbuot xizmati