Uzum koʼchatini yetishtirishning elektrotexnologiyasini ishlab chiqish mavzusida seminar tashkil qilindi

Bugungi kunda Mamlakatimizda mevali daraxt va uzumzorlani koʼpaytirish boʼyicha sezilarni ishlar olib borilmoqda. Bunga yorqin misol sifatida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 iyul kuni uzum yetishtirish, uni sanoat usulida qayta ishlashni rivojlantirish hamda hududlarda enoturizmni yoʼlga qoʼyish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʼilishida yurtimizda fermer xojaliklari tomonidan 90 ming gektar maydonda uzum yetishtirilmoqda. Songi to’rt yilda 52 ming gektar yangi tokzorlar tashkil etilib, sohaga 210 milliard som subsidiyalar ajratildi. Shu davur mobaynida meva-sabzavodlar eksportida uzumning ulushi 2 baravarga oshganligi va shu bilan birga ayrim hududlarda yirik tokzorlar maydoni 7 ming gektarga kamayganligi takidlandi. Misol uchun, Qashqadaryoda 2,5 ming gektar, Namanganda 2,4 ming, Surxondaryoda 1,2 ming, Andijonda 645 gektarga kamaygan va Jizzax, Qoraqalpogʻiston va Fargʻonada tokzorlar maydoni koʻpayganligi takidlab otildi. Shunday tajriba asosida Qoraqolrogʼiston va viloyatlardagi 44 ta tumanda yangi eksportbop uzum plantatsiyalari tashkil etish vazifasi qoʼyildi.

Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5200-sonli 2021 yil 28 iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari” to‘g‘risida qarori va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 4549-sonli 11.12.2019 yildagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʼini yanada rivojlantirish, sohada qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar” toʼgʼrisida qarori va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi "Oʼzbekiston Respublikasi qishloq xoʼjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʼljallangan strategiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida"gi PF-5853-son Farmoni olish mumkun. Farmonda meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qoʼshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni oʼzlashtirish, paxta, gʼalladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xoʼjaligi ekinlari ekishni koʼpaytirish, shuningdek, bogʼ, uzumzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetishtiruvchilarni meva-sabzavot klasterlariga biriktirish ishlari olib borilmoqda. Uzum chilik klasterlarini tashkil qilishda yaxshi rivojlangan koʼchatlar sogʼlom, tana, navda va ildizlarda hichqanday zararlanishlarsiz yetishtirilgan va turli kasalliklardan holi uzum koʼchatlariga talab oshadi.

Shu munosabat bilan Institutning “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasida 10 sentyabr kuni kafedra tayanch doktoranti N.Markaevning “Uzum koʼchatini yetishtirishning elektrotexnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida professor-oʼqituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar uchun ilmiy seminar tashkil qilindi. Seminarda uzum koʼchatlarining yitishtirish texnologiyalari va uzum qalamchalarida ildiz hosil boʼlishini tezlatishga qaratilgan bir qator ilmiy asosga ega usullar toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan tatqiqotchiga savollar berildi va seminar ilmiy muhakamalarga boy holda oʼtdi. Seminarda uzum koʼchatlarining tutuvchanligini oshirish borasida bir qator biologik va agrotexnik tadbirlardan foydalanilayotga boʼlsa ham, bugungi kunda fermer xoʼjaliklari koʼchat zorlaridaga koʼchatlarning tutuvchanligi va koʼchat yetishtirish rentabilligi past boʼlib, uzum plantatsiyalarini barpo qilinishida toʼsiqlarga uchrashi takidlandi. Hozirgi fanning holati ushbu omillarni turli xil stimulyatorlar, shu jumladan elektromagnit maydon energiyasining turli koʼrinishlari (elektr maydoni, elektr toki, magnet maydoni, elektr razriyadi, elektrmagnit toʼlqinlar, impulьsli elektromagnit maydoni) ning elektrofizik taʼsirlari yordamida boshqarish va oʼsimliklar hayotiga faol aralashish orqali uni toʼgʼri yoʼnalishga yoʼnaltirish imkoniyatlari mavjudligi etirof etildi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati