O‘zligimiz timsoli – Ona tilim
TIQXMMI Qarshi filialida 12 oktyabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari o‘rtasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “O‘zligimiz timsoli – Ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari L.Qambarov, TIQXMMI Qarshi filiali o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Quvvatov, B.Ro‘ziqulov Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini J.Shonazarov, filial faol talaba yoshlari ishtirok etishdi. Tadbirni, filial o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Quvvatov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbirga yig‘ilganlarni ushbu sana bilan muborakbod etdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari L.Qambarov so‘zga chiqib “O‘zbek tilining davlat ahamiyati” xususida o‘zining fikr va mulohazalarini bildirdi va mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan Ona tilimizga bag‘ishlab yozilgan she’rlar bo‘yicha mushoira tanlovi o‘tkazildi. Tadbirni yakuniy qismida diyektor o‘rinbosari Dilshod Quvvatov so‘zga chiqib tadbir mehmonlariga filial jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo'limi boshlig'i Bunyodbek Ro'ziqulov axboroti
Matbuot xizmati rahbari Farrux Najimov
TIQXMMI matbuot xizmati