Fizika fanini oʼqitish jarayonida boʼlajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish
Mamlakatimizda zamon talablari asosida fizikadan taʼlim jarayonini tashkil etish, jumladan, texnika oliy taʼlim muassaslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali yuqori malakali muhandislarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Boʼlajak muhandislarga metodologik, kompetentsiyaviy va tizimli yondashuvlar asosida fizika fanini oʼqitish taʼlim sifati va samaradorligini, muhandislik mutaxassisligiga xos sifatlarni oshishiga hamda loyihalash, tadqiqotchilik kabi kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu maqsadda, TIQXMMI katta oʼqituvchisi Z.F.Beknozarova “Boʼlajak muhandislarni fizika oʼqitish jarayonida kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi ilmiy izlanishlari natijalarini amalda qoʼllash ishlarini olib bormoqda.
Yaʼni 12-oktyabr 2021 yilda GTQ fakulteti 108-gurux talabalariga fizika fanini oʼqitish jarayonida boʼlajak muxandislarning kasbiy kompetentligini oshirish uchun “Loyixalash” usulida maruza mashgʼulotini tashkil etdi. Dars mashgʼulotida guruxning barcha talabalari faol ishtirok etishdi. Xar bir talaba oʼqituvchi tomonidan berilgan muommoni xal etish uchun mustaqil izlandi va bosqichma bosqich xal etish koʼnikmalarini faollashtirdi. Mashgʼulot oʼyin tarzda savol javoblar bilan qʼiziqʼarli tarzda oʼtkazildi. Dars mashgʼulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida tashkil etishdan maqsad, talabalarga fizika kursini oʼqitish jarayonida zaruriy kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish va kasbiy faoliyatida mavjud muommolarni xal etishda loyixalash koʼnikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
TIQXMMI matbuot xizmati