Saylov mohiyati
2 -Talabalar turar joyida tarbiyachi- pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom tashabbuslari bilan "Saylov mazmun - mohiyati" mavzusida tadbir tashkillashtirildi.
Ozbekiston Milliy tiklanish partiyasidan Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Dilshod Isomiddinov., Ozbekiston liberal demokratik partiyasidan Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Pustam Payziyev, O'zbekiston Adolat sotsial demokratik partiyasidan xalq deputatlari tuman kengashi deputati G'ulomjon Arifjonovlar taklif etildi. Saylov mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Ma’lumki, joriy yilning 22-dekabr kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, shahar hamda tuman Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Saylovlarning demokratik tamoyillar asosida yuqori saviyada o’tishini ta’minlash maqsadida joylarda fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Deputatlar yangi Saylov Kodeksi mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirildi. Parlament va mahalliy Kengashlar deputatlari vazifalari, huquqlari va burchlari to’g’risida tushuncha berildi. Talabalar qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
"Gidrotexnika qurilishi" fakulteti talabasi 2 - sonli TTJ kengash a'zosi Shomurodov Abdulaziz Choriyevich axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov