Talaba yоshlarning bo‘sh vaqti mazmunli o‘tmoqda
Stol tennisi — kichik koptok va raketkalar bilan stolda o‘ynaladigan sport o‘yini. Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan. XX-asrning 20-yillaridan ko‘p mamlakatlarga tarqalgan. Dastlab ping-pong (fransuzcha pingpong –koptokning raketka va stolga urilishida chiqadigan ovoz) deb atalgan. Sog‘ tanda sog‘ aql deydilar donolar! Talaba yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘zkazish maqsadida TTJda muntazam har xil tadbirlar va muosbaqalar o‘tkazib kelmoda.
“Gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan 2TTJ istiqomat qiladigan GIM, GTQ va QSXET fakultetlar talabalari o‘rtasida satol tennis musobaqasi o‘tkazildi. Unda 1 va 2 o‘rini QSXET fakulteti talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi 1-o‘rin Jo‘rayev Bekzod, 2-o‘rin Mamaddinov Mansur Z-o‘rin esa GIM fakulteti talabasi Rasul Shamshiddinov loiq topildi. Musobaqa ishtirokchi hamda g‘oliblariga esdalik sovg‘alar va kitoblar bilan taqdirlandi. 2TTJ Kengash sardori Farhod Mahmudov va tarbiyachi Dilfuza Shukurullayeva musobaqni tashkil etishiga yaqindan yordam berdilar.
“Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati