Xotirlash qadriyat nishoni
Mamlakatimizda umumxalq bayrami, 9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushida hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini yod etish maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti harbiy kafedrasi vakillari joylarda «Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat» mavzusida o‘tkazilayotgan tadbirlarning davomi sifatida 2005 yil 13 may kuni Andijon shahrida yuzaga kelgan tartibsizliklarni bartaraf qilish, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoiylik ko‘rsatgani uchun II darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan marhum kapitan Jo‘raev Baxrom Ulug‘bekovichning ota-onasi istiqomat qiladigan xonadonga tashrif buyurishdi.
Xonadonda tashrif buyurganlarni marhum kapitan Bahrom Jo‘raevning dadasi Ulug‘bek aka, onasi Shirin aya mehmonlarni iliqlik bilan kutib olishdi. Qahramonning ota-onalari Bahromning yoshligi qanday o‘tganligini, maktabda, Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida tahsil olgan davrlarini, keyinchalik esa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarkibida harbiy xizmatni o‘tash vaqtidagi voqealarni xotirladilar. Bir so‘z bilan aytganda xonadonga tashrif buyurgan mehmonlar ichida harbiy kafedradan tashrif buyurgan talabalar Nursulton Ibragimov, Obid Qulmurodovlar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan, ya’ni Vatan himoyasi uchun jonini ham ayamaydigan farzandning ota-onalarining samimiyligi, ular tarbiyalagan farzandning naqadar kamtarligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni eshitib, chin yurakdan Vatan himoyasiga otlanishga ahd qilishni ko‘nglining bir chetiga tugib qo‘yganligini ularning ko‘zlariga qarab ilg‘ash hech qanday qiyinchilik tug‘dirmasdi. Shuningdek, tadbirda harbiy kafedra katta o‘qituvchilari Qurolli Kuchlar xizmatchilari Navro‘zov Rahmat Maxmudovich hamda Ergashev Haydar Ikramovichlar (Andijon voqealari ishtirokchisi) qatnashishdi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti harbiy kafedrasi boshlig‘i podpolkovnik R. Minlishev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov