Navbatdagi xizmat safari
Institutimiz rektori U.Umurzaqovning 2021-yil 29-maydagi 22 x/s buyrug'i va O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining T-OT-2021-181- sonli "Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida egat ko'ndalang kesimining turg'un profilini va loyihaviy nishabligini ta'minlovchi yangi texnologiya va texnik vositasini yaratish" mavzusidagi loyihani tijoratlashtirishga tayyorlash bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlar dasturida belgilangan ishlarni amalga oshirish maqsadida grant rahbari
Baxtiyor Matyaqobov, Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash kafedrasi katta o'qituvchi Atajanov Adiljon va Geodeziya va geoinformatika kadedrasi o'qituvchi Islomov O'tkir lar 2021-yil 4-iyundan 11 iyunigacha Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida xizmat safarlarida bo'lib qaytishdi. Xizmat safari paytida dasturda belgilangan ishlar maqsadli ravishda amalga oshirilib kelindi.
TIQXMMI matbuot xizmati