Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PQ 5847-sonli farmoniga binoan 5+1 tizimidagi ta’limni amalga oshirish maqsadida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi va “Gidroproekt” AJ tashkiloti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan.

Talabalarni sohani chuqur o‘rganish hamda o‘zining ilmiy yo‘nalishiga ega bo‘lishini ta’minlash uchun “Gidromelioratsiya” fakulteti “Daryo va suv omborlari gidrologiyasi” yo’nalishi 310 va 311 - guruh talabalarini “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi “Suv omborlari gidravlikasi” fanidan o’tiladigan darslari “Gidroproekt” AJ institutida olib borilmoqda. Amaliy dars davomida talabar barcha laboratoriya jihozlari bilan tanishish barobarida ishlash tartibini ham amaliyotda ko’rib, o’z bilim ko’nikmalarini oshirishmoqdalar.

                    TIQXMMI  matbuot xizmati